Barak Obama AQSh prezidenti lavozimini egallab turgan vaqtda Oq uyning g‘arbiy qanoti ostida besh qavatli yer osti bunkeri qurilgan. Bu haqda Washington Post sobiq muxbiri Ronald Kessler “Trampning Oq uyi: o‘yin qoidalarining o‘zgarishi” deb nomlangan kitobida ma’lum qildi. Kitobdan parchalar Washington Examiner nashrida chop etildi.
Bunker qurilishi 2010-yilda boshlanib, Obamaning ikkinchi muddati oxiriga kelibgina yakunlangan. Amerika budjetiga yangi inshoot 376 million dollarga tushgan.
Kitob muallifi qo‘shimcha qilishicha, bunkerning mavjudligi maxfiy saqlanadi, ammo u yerga Donald Tramp AQSh prezidentligiga saylangach tashrif buyurgani ma’lum.
Oq uyning sharqiy qanoti ostida ham yana bir bunker bor, u prezidentning favqulodda operatsiyalar bo‘yicha markazi deb nomlanadi.
Izoh (0)