AQSh Somalidagi operatsiya davomida “Ash-Shabob” terrorchi guruhining 5 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aviazarba mamlakat markazidagi Galgudud provinsiyasida 1-aprel kuni terrorchilar avtomobiliga qarata berildi. Tinch aholi o‘rtasida qurbonlar bo‘lmagani bildirilmoqda.
Operatsiya Somali rasmiylari bilan kelishgan holda amalga oshirildi.
Izoh (0)