Iroq jinoiy sudi Turkiya fuqarosi bo‘lgan 6 nafar ayolni ISHIDga aloqadorlikda ayblab, o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yana 7 nafar turkiyalik ayolga ISHIDga yordam ko‘rsatgaii uchun umrbod qamoq jazosi berildi.
Fevral oyi oxirida ham Turkiya fuqarosi bo‘lgan 16 nafar ayol ISHIDga logistik ko‘mak bergani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingandi. Biroq Turkiya rasmiylari ularni vataniga qaytarishga harakat qilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)