Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi restoranlardan birida 31-mart, shanba kuni 190 ga yaqin odam ishtirokida bo‘lib o‘tgan to‘y ziyofatidan so‘ng respublika yuqumli kasalliklar kasalxonasiga ovqatdan zaharlangan odamlar keltirila boshladi, deb yozadi “Interfaks”.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, restorandagi zaharlanish oqibatida jabrlanganlar soni ayni paytda 150 kishiga yetgan.
“Bishkekda 139 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, 89 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 19 nafari bolalar. Bundan tashqari, Issiqko‘l viloyati Cho‘lponota shahar kasaxonasiga 11 kishi joylashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Zaharlanganlarning barchasi o‘rtacha og‘irlikdagi ahvolda, ular zarur davolanishni olmoqda.
Hozirda restoran tekshirilmoqda, oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan. Restoranda sanitariya qoidalariga rioya qilinmaganligi taxmin etilmoqda, bu tasdiqlansa, restoran yopilishi mumkin.
Izoh (0)