Rossiyaning Kemerovo shahrida yonib ketgan “Zimnyaya vishnya” savdo markazi boshqaruvchisi Nadejda Suddenok hibs yuzasidan shikoyat arizasi berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avvalroq yong‘in haqidagi ish bo‘yicha Nadejda Suddenok, savdo markaziga egalik qiluvchi kompaniya texnik direktori Georgiy Sobolev, savdo markazidagi yong‘inga qarshi xavfsizlik tizimini ishlab chiqqan kompaniya rahbari Igor Polozinenko, shu kompaniya xodimi Aleksandr Nikitin hamda yong‘in yuzaga kelganda signal beruvchi tizimni o‘chirib qo‘yganlikda gumon etilayotgan xususiy qo‘riqlov tashkiloti xodimi Sergey Antyushin qo‘lga olingan, keyinroq qamab qo‘yilgan edi.
31-mart, shanba kuni ish bo‘yicha yana ikki kishi hibsga olindi.
Sud kotibiyati yetti kishidan shikoyat arizasi hozircha faqat Suddenok nomidan kelib tushganini ma’lum qildi.
Izoh (0)