Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 27-mart kuni voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq noxush hodisa qayd etildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Shu kuni soat 21:30 atrofida “Yoshlik” mahallasida yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan N.Ermatova uyda shkaf ichida saqlanayotgan buvasi D.Ermatovga tegishli tir pnevmatik miltig‘ini olib o‘ynayotganda bexosdan miltiq otilib ketadi. O‘q qizning singlisi, 2012-yilda tug‘ilgan E. Ermatovaning peshonasiga tegib, jarohat yetkazdi.
E. Ermatova Toshkent shahrida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)