BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish XXR raisi Si Szinpin va KXDR yetakchisi Kim Chen In uchrashuvini ma’qulladi. Bu haqda uning rasmiy vakili o‘rinbosari Farxan Xakning 28-mart kungi bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
“Bosh kotib Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchilari o‘rtasida yaqinda Pekinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar mobaynidagi KXDRning yadroviy qurolsizlantirishga qiziqishini ma’qulladi”, — deyiladi hujjatda.
Bosh kotib oxirgi ijobiy o‘zgarishlarni Koreya yarimorolining yadroviy qurolsizlantirilishi va barqaror tinchlikka eltuvchi sof muzokaralar jarayonining boshlanishi sifatida ko‘rishi ta’kidlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In 25—28-mart kunlari Xitoyga tashrif buyurdi. Tashrif davomida KXDR yetakchisi va XXR raisining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)