Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi ushbu mamlakat delegatsiyasi Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya delegatsiyasini O‘zbekistonning rasmiy shaxslari kutib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni Sergey Lavrovni qabul qilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)