Ispaniyada butun dunyo bo‘ylab 100 ta moliyaviy muassasaga hujum uyushtirgan ukrainalik xaker, kiberjinoyat bilan shug‘ullangan guruh yetakchisi qo‘lga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Yevropolga ko‘ra, guruh Carbanak va Cobalt kabi zararli dasturiy ta’minotlaridan foydalanib, 40 dan ortiq davlatdagi banklarga 1 milliard yevrodan oshiq ziyon keltirdi.
Guruh a’zolari ishlab chiqqan taktika bankomatlarni jinoyatchilar belgilagan vaqtda naqd pul berishga dasturlash, shuningdek, elektron to‘lovlar bilan bog‘liq firibgarliklarni o‘z ichiga olgan.
Qo‘lga kiritilgan daromad kriptovalyutaga aylantirilgan.
Izoh (0)