O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-mart Bangladesh prezidenti Abdul Hamid va bosh vazir Shayx Hasina Vazedni Bangladesh Mustaqilligi kuni bilan muborakbod etdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
Bangladesh Hind okeanining Bengaliya qo‘ltig‘i bo‘yida joylashgan bo‘lib, 1971-yilda mustaqillikka erishgan. O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yilning oktabrida o‘rnatilgan.
Izoh (0)