O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kemerovo shahrida ro‘y bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida Rossiya xalqi, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, savdo markazida kelib chiqqan yong‘in qurbonlari soni 48 kishiga yetdi.
Izoh (0)