• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish tartiboti bekor qilindi

    Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun teng va qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining 24-martdagi qaroriga asosan import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish tartiboti bekor qilindi. O‘zA mazkur qaror matnini taqdim etdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va “O‘zstandart” agentligining O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish tartibotini bekor qilish haqidagi taklifi qabul qilinsin
    2. Belgilab qo‘yilsinki:O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi;

      O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga vakolatli organ tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari ega;

      inspeksiya organlarining xizmatlari, shu jumladan, yuk ortishdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish xizmatlari uchun haq to‘lash ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi banklarda ochilgan hisobraqamlari orqali amalga oshiriladi;

      O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlar sifati, miqdori va narxlarining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda (keyingi o‘rinlarda – Markaz) ro‘yxatdan o‘tgan import kontraktlari shartlariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish uchun javobgarlik import qiluvchining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatiladi;

      davlat bojxona xizmati organlari Markazda ro‘yxatdan o‘tgan import kontraktlari doirasida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlarning miqdori va narxlari haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimlaridan foydalangan holda Markazga taqdim etadi.

      3. Davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek, tijorat banklariga yuk ortishdan oldin inspeksiyani o‘tkazuvchi inspeksiya organini tanlash haqida import qiluvchilarga tavsiyalar berish taqiqlansin.

      4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti “O‘zstandart” agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda, mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, davlat manfaatlariga yetkazilgan zararni qoplash kafolatlarini ta’minlovchi mexanizmlarni joriy etgan holda, import qiluvchilar va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha takliflar kiritsin.

      5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda akkreditatsiya obyektlari tomonidan vakolatli organga o‘tkaziladigan to‘lovlarni undirish shartlari va miqdorlarining tanqidiy qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.

      6. Belgilansinki, Markaz faoliyati sohasi tatbiq etiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridlarini o‘tkazish (xarid tartibotlarini bajarish, reklama ishlarini tashkil etish, tender va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar) bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilotni tanlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan o‘rnatiladigan talablarga javob beradigan ixtisoslashgan tashkilotlar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bir oy muddatda davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega ixtisoslashgan tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarni, shuningdek, davlat xaridlarini o‘tkazish doirasida ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari ro‘yxatini o‘rnatilgan tartibda belgilansin.

      7. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

      8. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

      9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M.Sadikov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

    26.03.2018, 14:48   Izoh (0)   7681
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zangiotada tungi soat 02:00 larda Matiz haydovchisi 21 yoshli qizni urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etgan

    26.03.2018, 14:37

    O‘tgan hafta davomida onlayn-auksionlar orqali 943 million so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

    26.03.2018, 14:15

    Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

    26.03.2018, 13:31

    “Tolibon” Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etmaydi

    26.03.2018, 13:31

    Toshkentdagi tumanlararo ro‘yxatdan o‘tish va imtihon olish bo‘limlariga bepul Wi-Fi tarmoqlari o‘rnatildi

    26.03.2018, 12:54

    Ra’no Shodiyeva namanganlik Munisaxonni davolatib, orzusini amalga oshiradi

    26.03.2018, 12:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Braziliya AQSH tarif choralari tufayli JSTga shikoyat kiritdi

    Dunyo | 12 avgust, 00:15

    “Agar men bo‘lmaganimda, Putin hozir hech kim bilan gaplashmasdi ham” — Tramp

    Dunyo | 11 avgust, 23:50

    Boshidan o‘q yegan kolumbiyalik senator vafot etdi

    Dunyo | 11 avgust, 23:40

    AQSH maxfiy xizmati Putin va Tramp uchrashuvidan oldin Ankorijda bir uyni ijaraga olgan — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 23:31

    Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan gaplashadi

    Dunyo | 11 avgust, 23:20

    Andijonda Damas 9 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 23:10

    “Xotiramni yo‘qotib qo‘yishni istagandim” — aktrisa Huvaydo Jumayeva oila sabab san’atdan ketishga rozi bo‘lgani haqida gapirdi (video)

    Shou-biznes | 11 avgust, 23:00

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:53

    O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi yalpi ichki mahsulotning 35 foiziga tengligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:40

    Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va Filippin kemalari to‘qnashdi (foto, video)

    Dunyo | 11 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.