Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha forumda ishtirok etadigan davlatlar va xalqaro tashkilotlar yuqori martabali mulozimlarining tayyorgarlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hikmat Halil Karzay rahbarlik qildi.
Ekspertlar tomonidan xalqaro konferensiya delegatsiya rahbarlari e’tiboriga havola qilinadigan Toshkent deklaratsiyasining yakuniy loyihasi ko‘rib chiqildi va muvofiqlashtirildi.
Izoh (0)