Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida 23-mart kuni muqaddam sudlangan ayol tomonidan qotillik sodir etildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Shu kuni soat 22:15 atrofida “Yangidala” mahallasida yashagan, 1962-yilda tug‘ilgan I. Lukashovning uyida mehmonda bo‘lgan qarindoshi, “G‘alaba” mahallasida istiqomat qiluvchi muqaddam sudlangan, 1967-yilda tug‘ilgan I. Koldashova mast bo‘lib, uy egasi bilan janjallashdi.
Ayol mojaro asnosida I. Lukashovning ko‘kragiga pichoq bilan urib, o‘ldirdi.
I. Koldashova hozirda qo‘lga olingan.
Izoh (0)