Namangan viloyati Pop tumanidagi mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi faoliyati doirasida fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudi tomonidan “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
O‘zAning xabar berishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudi sudyasi Iqbol Ko‘chkinova oilaviy ajrimlarni yuzaga keltiruvchi omillar faqatgina er-xotin o‘rtasidagi tushunmovchilik emas, balki qaynona-kelin munosabatlariga ham borib taqalayotganini ta’kidlab o‘tgan.
Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, “yoshlarimizda majburiyatni his qilmaslik, oilaviy munosabatlarga sovuqqonlik bilan qarash, qizlarning erta nikohga uzatilishi, yashirin sha’riy nikohlarga yo‘l qo‘yilayotgani, to‘y-hashamlarni dabdabali va serxarj tarzda o‘tkazilayotgani, qimmatbaho sarpo-suruqqa ruju qo‘yish, telefon orqali muloqot madaniyatining yetishmasligi, ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketish va virtual xiyonatlarga yo‘l qo‘yilayotgani kabi holatlar” ajrimlarning asosiy sabablaridir.
Izoh (0)