Tataristonning Qozon shahrida 21-mart kuni ilk turkiy filmlar xalqaro festivali o‘z ishini boshladi. Bu haqda “Anhor.uz”
xabar bermoqda.
Festivalda Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkmaniston kino san’ati vakillari qatnashmoqda.
Festival g‘oliblar va mukofotlar bo‘lmaydi. Uni o‘tkazishdan maqsad tomoshabinlarga turkiy tilli davlatlar kinematografiyasining eng yaxshi yutuqlarini namoyish etish hamda ushbu davlatlar uchun umumiy kinobozor tashkil qilishdan iborat.
O‘zbekistonlik rejissor Qamara Kamolova 22-mart kuni festival doirasida o‘zining “Osmonlar ostidagi yo‘l” filmini tomoshabinlarga taqdim etdi.
Festival ko‘chma bo‘lib, u har yili turli mamlakatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. u 25-mart kuniga qadar davom etadi.
Izoh (0)