Toshkent shahar bodibilding va fitness federatsiyasi prezidenti va aktyor Habibulla Nizomov “Arnold klassik-2018” musobaqasida mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritgan va O‘zbekiston terma jamoasiga oltin medalni taqdim etgan Mixail Volinkin haqida suratga olinayotgan filmga prodyuserlik qilmoqda.
Bu haqda Habibulla Nizomov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Yaqinda AQShda bo‘lib o‘tgan “Arnold klassik-2018” musobaqasida O‘rta Osiyodan ilk marotaba yurtdoshimiz Mixail Volinkin mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Barcha professional bodibildingchilar Arnold bilan rasmga tushish, u tashkil qilgan musobaqada ishtirok etish orzusi bilan mashg‘ulotlarni bajarishadi. Biz 2010-yilda ushbu musobaqaga borganimizda Arnoldning qo‘riqchilari ko‘p bo‘lgani uchun uning yoniga ham bora olmaganmiz. Arnold esa Mixail Volinkin bilan selfi ham tushdi. Tez kunda Mixail Volinkinning hayoti haqida, uning bolaligidan toki ushbu kungacha bo‘lgan hayoti haqida badiiy film suratga olish harakatidamiz. Ushbu filmga o‘zim prodyuserlik qilishni mo‘ljallamoqdaman. Ayni vaqtda film ssenariysi ustida ishlarni va dastlabki tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz.Habibulla Nizomov, sport ustasi va aktyor
Izoh (0)