Yangiyo‘lda Damas haydovchisi urib yuborgan 30 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 19-mart kuni soat 00:30 larda Yangiyo‘l shahrida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan S. Choriyev o‘z boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinani “Yangiyo‘l buyum bozori” chorrahasida boshqarib ketayotganida yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda, 1988-yilda tug‘ilgan Y. Vasilyevani urib yuborgan. Oqibatda piyoda Y. Vasilyeva olgan tan jarohatlaridan hodisa joyida vafot etgan.
Marhumaning 1 nafar farzandi borligi aytilmoqda.
Holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)