Toshkent shahrida 20-mart kuni “Lukoyl” kompaniyasining O‘zbekistondagi birinchi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
AYoQSh uchun benzin va dizel yoqilg‘isi kompaniyaning Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlaridan keltiriladi. O‘zbekistonda yoqilg‘ining chakana savdosi bilan “Lukoyl O‘zneftmahsulot” shu’ba korxonasi shug‘ullanadi.
Shoxobchada 92 (6900 so‘m) va 95 (7500 so‘m) markali benzin hamda dizel yonilg‘isi (7000 so‘m) sotilmoqda. Barcha mahsulotlar Yevro-5 standartiga mos keladi. Mijozlar “Lukoyl” moylarini ham xarid qilishi mumkin.
AYoQShda kafe va do‘kon ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Mijozlar internetga ulanishi uchun bepul Wi-Fi mavjud.
Izoh (0)