AQSh va Janubiy Koreya birgalikda Koreya yarimorolida o‘tkazayotgan o‘quv-mashg‘ulotlarini davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya qurolli kuchlari o‘quv mashg‘ulotlarning o‘tkazilayotgani haqida ogohlantirilgan.
Koreya yarimorolidagi o‘quv-mashg‘ulotlari 1-apreldan boshlanadi. Ularning o‘tkazilishi Pxyonchxanda bo‘lib o‘tgan Olimpiada va Paralimpiada o‘yinlari sabab vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Izoh (0)