AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklamoqchi emas. Uning kun tartibida ushbu munosabat bilan telefon qo‘ng‘irog‘i rejalashtirilmagan. Bu haqda Reuters Oq uy vakili Xogan Gidliga tayanib xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning oliy mansabga qayta saylanishi Tramp ma’muriyati uchun kutilmagan voqea bo‘lmagan.
“Biz Rossiya bilan aloqalarni rivojlantirish ustida ishlaymiz, Rossiya bizning manfaatlarimizga tahdid qiladigan bo‘lsa, unga sanksiyalar kiritamiz. Ammo biz o‘z manfaatlarimizga muvofiq kelgan hollarda hamkorlikda ishlash uchun imkoniyatlar ham qidiramiz”, — dedi Gidli.
Putin Rossiya prezidentligiga to‘rtinchi marta saylangach, dunyo yetakchilari uni g‘alaba bilan tabriklashni boshladi. Shu jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni prezident saylovida erishgan ishonchli g‘alabasi bilan qutlab, uni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.
Izoh (0)