General Motors kompaniyasi kelgusi yilda Michigandagi zavodida Cruise AV o‘ziyurar avtomobilining ishlab chiqariladigan versiyasini yaratishga tayyorgarlik doirasida ikki ishlab chiqarish obyekti modernizatsiyasiga 100 million dollardan ortiq investitsiya kiritishi haqida ma’lum qildi, deb yozadi 3DNews.
Cruise robomobilida rul g‘ildiragi, tormoz pedali va akselerator pedali bo‘lmaydi.
General Motors yanvar oyida AQSh trassalarida harakatlanish xavfsizligi milliy boshqarmasiga (NHTSA) rulsiz, pedallarsiz va boshqaruv richaglarisiz to‘liq avtonom avtomobil chiqarishga ruxsat so‘rab murojaat qildi.
NHTSA iltimosnomani ikki oydan ortiq muddat mobaynida ko‘rib chiqmoqda va hozircha bu jarayonni yakunlangan deb hisoblamaydi. Yakuniy qaror shu yil yoki 2019-yilda qabul qilinishi mumkin.
General Motors’ning xabar berishicha, uning ijrochi direktori Meri Barra kompaniyaning o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobil ishlab chiqarish haqidagi rejalarini muhokama qilish uchun 13-mart kuni AQSh transport vaziri Eleyn Chao bilan uchrashgan.
Izoh (0)