Toshkentning Shayxontohur tumanida yashovchi 18 yoshli S.N. haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmay turib, 9-mart kuni soat 23:50 atrofida otasiga tegishli Captiva’ni boshqarayotganda yo‘l-transport hodisasini sodir etdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB YHXB.
U Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanayotib, Yunusobod tumanidagi “Turkiston” restorani qarshisida piyoda — 1985-yilda tug‘ilgan E.D.ni urib yuborgan.
Haydovchi jabrlanuvchini kasalxonaga olib borgan, biroq uning mastligidan foydalanib, “piyodani noma’lum Nexia mashinasi urib yubordi” deb, shifokorlarga yolg‘on ma’lumot bergan.
Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi haqida YHXBga xabar bermay, voqea joyidan ketib qolgan.
“Olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida Captiva haydovchisi S.N. ushbu YTHni o‘zi sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi”, — deyiladi IIBB YHXB xabarida.
Izoh (0)