Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20-mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7–9, kunduzi 23–25 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5–10, kunduzi 18–23, Ustyurtda kechasi 2–7, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8–13, kunduzi 22–27 daraja, cho‘l hududlarida kechasi 5–10, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5–10, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8–13, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5–10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4–9, kunduzi 18–23 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2–7, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)