Toshkent shahar hokimligi poytaxtda o‘tadigan Navro‘z bayrami tadbirlari manzillarini ma’lum qildi.
21-mart kuni soat 10:00 da boshlanib 18:00 ga qadar davom etadigan tadbirlar shaharning 21 joyida tashkil etiladi.
Shahar asosiy sahnasi: “O‘zekspomarkaz” hududidagi maydon, asosiy sahna maydonida;
Bektemir tumanida: “Quyoshcha nuri” bog‘i;
Mirobod tumanida: Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hamda “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyi;
Mirzo Ulug‘bek tumanida: “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘ida hamda Bobur nomidagi eko bog‘;
Sergeli tumanida: “Yoshlar” bog‘i hamda “Grin Park” (sobiq “Sohil” bog‘i);
Uchtepa tumanida: “Eko” bog‘i hamda “Bog‘i shamol” madaniyat va istirohat bog‘i;
Olmazor tumanida: Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hamda Talabalar shaharchasi;
Chilonzor tumanida: G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hamda “Akva” bog‘i;
Shayxontohur tumanida: “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘i, “Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘i, Ibn Sino nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;
Yunusobod tumanida: Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi maydon;
Yakkasaroy tumanida: “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘i;
Yashnobod tumanida: “Ashxobod” sayilgohi hamda “Do‘stlik” bog‘i.
Izoh (0)