L’Oreal kompaniyasi Parijda HQE (“yashil” makon) ekologik sertifikatsiyasiga muvofiq keladigan yangi ofis ochdi. “vc.ru”ning yozishicha, inshoot dizayni Maison Sarah Lavoine interyer va arxitektura agentligi tomonidan ishlab chiqilgan va bajarilgan.
Ofis maydoni 48 ming kvadrat metrga teng bo‘lib, unda 2 mingga yaqin xodim mehnat qiladi.
Keng ish joylari hamda hordiq hududlari bir-birini to‘ldirgan. Xodimlar dam olish vaqtida ichki hovlidagi bog‘da sayr qilishlari yoki sakkizinchi qavatdagi maydoni 400 kvadrat metrlik, Parij va La-Defans manzaralariga to‘la ayvonga chiqishlari mumkin.
Izoh (0)