O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi to‘qimachilik fabrikasiga tashrifi davomida viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator loyihalar bilan tanishdi.
“Shu yerda yengil sanoat va gidro energetika sohalaridagi imkoniyatlar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
O‘z navbatida, davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan rasmiy axborotga loyihalarga doir bir qator suratlar ham ilova qilingan.
Izoh (0)