O‘zbekiston Markaziy bankining qiymati 50, 100, 200 va 500 so‘mlik tangalar chiqarish to‘g‘risidagi taklifi, ularning namunalari va dizayni Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Bu haqda Senat axborot xizmati ma’lum qildi.
“Gazeta.uz”ning aniqlik kiritishicha, 200 so‘mlik tanga Markaziy bank tomonidan birinchi marta chiqariladi. 50 so‘mlik tangalar bungacha 2001 va 2002-yillarda, 100 so‘mlik tangalar 2004 va 2009-yillarda, 500 so‘mlik tanga esa 2011-yilda chiqarilgan.
O‘zbekiston Markaziy mayda kupyuralarni yangi namunadagi tanga pullar bilan almashtirish rejalarini 2018-yil boshida e’lon qilgan edi. Shuningdek, nisbatan katta qiymati kupyuralarni muomalaga chiqarish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)