Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani, Kumushtola ko‘chasidagi Shukurovlar xonadonida 14-mart kuni soat 15:30 atrofida ro‘y bergan oilaviy mojaro fojia bilan yakunlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
1972-yilda tug‘ilgan B.Shukurov uyida o‘zaro janjal oqibatida akasi, 1959-yilda tug‘ilgan A.Shukurovning boshi va qorniga bolta bilan urib, jarohat yetkazdi.
Shu yerda bo‘lgan A.Shukurovning turmush o‘rtog‘i, 1962-yilda tug‘ilgan M.Shukurovaga ham bolta bilan tashlanib, ko‘ksiga pichoq urdi.
M.Shukurova voqea joyida halok bo‘ldi. Uning turmush o‘rtog‘i kasalxonaga yotqizildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)