14-mart kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Tadbirda Rossiya tashqi ishlar vazirligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi rahbari V.Zapevalov, shahar tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi S.Markov, Leningrad viloyati tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi A.Minin, o‘zbek diasporasining vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Marosimda nutq so‘zlaganlar bosh konsulxona ochilgani chet eldagi O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek O‘zbekistonning Rossiya mintaqalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam ekanligini ta’kidladi.
“Shahrimiz hukumati O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga katta e’tibor qaratmoqda. Biz hamkorlikni kengaytirish, tashriflarni tashkil etishga o‘zaro intilishni va boshqa ko‘plab ikki tomon uchun ham manfaatli loyihalarni yuqori baholaymiz”, — deydi Sankt-Peterburg shahri hokimi Georgi Poltavchenko o‘z tabrigida.
Izoh (0)