Surxondaryo viloyati Denov tumani Vodiy mahallasida yashagan 24 yoshli Inoyatullo So‘lmatov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Rossiya Ichki ishlar vazirligi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Moskva shahrida qo‘lga olindi, deb xabar berdi O‘zA.
U 2014-yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish, diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshida o‘ta xavfli jinoyatga qo‘l urib, xorijda yashiringan Inoyatullo So‘lmatov O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Izoh (0)