Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida joylashgan tilla do‘koni sotuvchilarini chuv tushirib ketishdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi U. Rahmatullayeva joriy yil yanvar oyidan 16-fevral kuniga qadar Toshkent shahrining “Chorsu” bozorida joylashgan “Gold “do‘konidan jami 41,5 million so‘mlik zargarlik buyumlarini olib ketadi.
Do‘kon sotuvchilariga ularni tezda sotib berishini aytadi, biroq va’da va’daligicha qoladi.
Mazkur holat yuzasidan U.Rahmatullayevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)