Samarqandda yo‘lovchi tashiyotgan ikki avtobusning “poyga”si ulardan birining ariqqa kirib qolishi bilan yakun topdi. Hodisa aks etgan video Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” (Drivers.uz) guruhiga joylandi.
Videoda transport vositalari bilan gavjum chorrahadan Isuzu rusumli ikki avtobus xuddi poyga o‘ynayotgandek, yonma-yon tarzda tezlik bilan chiqib kelganini, ammo burilishda avtobuslardan biri noto‘g‘ri mo‘ljal olgani tufayli, bir tomondagi g‘ildiraklari yo‘l chetidagi ariqqa kirib qolganini ko‘rish mumkin. Shundan keyin bir yoniga og‘ib qolgan avtobus to‘xtagan, ikkinchi avtobus esa hech narsa bo‘lmagandek, o‘z yo‘lida davom etgan. Video so‘ngida yo‘lovchilar avtobusdan chiqib ketayotganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)