Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Markaziy Osiyo mamlakatlaridan birining fuqarosi — taqiqlangan diniy-ekstremistik tashkilot tarafdori bo‘lgan, 1983-yilda tug‘ilgan Z.F. ismli shaxsni qo‘lga oldi, deb yozadi KNews.
U jinoiy ta’qibdan bekinib, Qirg‘izistonga ekstremistik mafkurani targ‘ib qilish maqsadida kelgan.
“Qo‘lga olingan shaxs javobgarlikka tortish uchun belgilangan tartibda vakolatli organlarga topshirildi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Izoh (0)