Rossiya prezidentligiga nomzod Kseniya Sobchak Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning cho‘qintirgan otasi ekanligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi, deb yozadi “Exo Moskvi”.
Ushbu radiostansiyasiga bergan intervyusida Kseniya Sobchak 12 yoshida onasining orzu-havaslari ortidan cho‘qintirilgani haqida gapirib berdi. “Cherkovga kelganlar orasida Vladimir Putin ham bor edi, ammo onamning aytishicha, u mening cho‘qintirgan otam bo‘lmagan”, — dedi Sobchak.
U onasidan cho‘qintirgan otasi haqida odamlar orasida tarqalgan mish-mishlar tufayligina so‘rashga majbur bo‘lganini aytdi. “Bu mavzu hayotimda hech qachon ochilmagan. Men buni hech qanaqa Putin bilan muhokama qilmaganman”, — dedi u.
Sobchak, shuningdek, Vladimir Putin bilan hech qanaqa shaxsiy aloqasi yo‘qligini ta’kidlab, u bilan faqat otasining motam marosimlariga ko‘rishganini aytdi.
Izoh (0)