O‘zbekistondagi sharob zavodlarida uzum yog‘i ishlab chiqarish boshlanadi. Bu Prezidentning “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarorida ko‘zda tutilgan, deb
xabar beradi Spot.
Hujjatda “O‘zsharobsanoat” AJga mavjud vinochilik bazasida ikkilamchi mahsulotlar, jumladan, uzum yog‘ini chuqur qayta ishlashni joriy etish topshirilgan.
Uzum yog‘i uning urug‘laridan olinadi va asosan kosmetologlar, mediklar va qandolatchilar tomonidan foydaniladi. Jarayon qiyinligi va xomashyo ko‘p bo‘lmagani uchun kungaboqar yoki zaytun yog‘i kabi keng tarqalmagan.
Uni ishlab chiqarish bo‘yicha O‘rta yer dengizi va Janubiy Amerika davlatlari yetakchi hisoblanadi.
Izoh (0)