Farg‘ona shahridagi “Fayz” to‘yxonasida qorilar o‘rtasida Qur’on o‘qish musobaqasining viloyat bosqichi hozirgina boshlandi. Lekin unga jurnalistlar, televideniye vakillari kiritilmayapti. Bu haqda “Daryo” muxbiri Muhammadjon Obidov xabar berdi.
— Jurnalistlar, televideniye vakillari ichkariga kirishi uchun maxsus ruxsatnoma kerak, bizga yuqoridan shunday topshiriq bo‘ldi, — deydi o‘zini viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ilhom Karimov deb tanishtirgan militsiya xodimi.
OAV vakillari musobaqa o‘tayotgan joyga kirishning yo‘llarini qidirmoqda.
Izoh (0)