Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha joriy yil tadbirlar rejasiga muvofiq Andijon viloyatining Buloqboshi va Xo‘jaobod tumanlarida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Mashqlarni o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan maqsad ikkilamchi zilzila omillari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi harakatlarni muvofiqlashtirishdan iborat.
Mashg‘ulotlarini o‘tkazishga FVV bo‘linmalari, mahalliy hokimlik organlari, Andijon viloyat FVDT hududiy kichik tizimining tegishli xizmatlari (kommunal xizmatlar, yong‘in xavfsizligi va transport xizmatlari, jamoat tartibini saqlash, avtotransport va tibbiy xizmat va boshqalar), shuningdek, ishlab chiqarish bilan band bo‘lmagan aholi jalb qilindi.
Izoh (0)