14-mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kechasi 3—5, kunduzi 10—12 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2—7, Xorazm viloyatida 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 7—12, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 1—3 darajagacha sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 1—3 darajagacha sovuq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarlik bo‘lmaydi. Kechasi 2—7, kunduzi 7—12 daraja, Surxondaryo viloyatida kechasi va kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 3—8, kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)