“Asaka” banki ixtiyoridagi korxonalarni sotishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.
Hozirda bank “Xazorasp tekstil” korxonasining bozor bahosini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.
2009-yilda bank tomonidan “Asaka investment” boshqaruvchi kompaniyasi ta’sis etilgan, kompaniya o‘tgan yillar mobaynida o‘z balansiga 10 dan ortiq bankrot korxonani olgan edi. “Xazorasp tekstil” ham ulardan biri hisoblanadi.
Hozirda “Asaka investment” ixtiyorida 15 ga yaqin aktiv bor.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 9-yanvardagi farmoni bilan banklarga faoliyatlariga oid bo‘lmagan biznes bilan shug‘ullanish man etilgan.
Izoh (0)