2018-yilninig 12—14-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni Podshohligiga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
BAA va Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan uchrashuvlar chog‘ida ikki tomon kun tartibiga doir dolzarb masalalar va 2018-yil 26—27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaga tayyorgarlikning ayrim amaliy jihatlarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)