Dushanbedagi “Manej” sport majmuasida ikki kun davom etgan Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi yakuniga yetdi. Bu haqda Asia-Plus
xabar bermoqda.

Foto: Asia-PlusKo‘rgazma ekspozitsiyasi ikki blokdan iborat bo‘ldi. Birinchi blok ochiq maydonda, ikkinchisi yopiq ko‘rgazma maydonida joylashdi. O‘zbekiston va Tojikiston savdo-sanoat palatalari hamda “O‘zekspomarkaz” tashkillagan tadbirda O‘zbekistondagi 60 dan ortiq yirik korxona va kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.

Foto: Asia-PlusTojikistonlik xaridorlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar, kimyo, to‘qimachilik, charm-poyabzal, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika buyumlari va gigiyena vositalari bilan tanishdi va xarid qildi.

Foto: Asia-PlusNashr ko‘rgazmaga kelganlar oqimi haddan ziyod katta, taqdim etilgan mahsulotlar esa juda ko‘p va rang-barang bo‘lganligini e’tirof etadi.

Foto: Asia-Plus
Foto: Asia-Plushttps://youtu.be/Dl_TgmX4GAk
Izoh (0)