“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 2020-yilga qadar Boing-787-8 rusumidagi 3 ta yangi samolyot xarid qiladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Havo kemalari O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi, Xitoy industrial-tijorat banki va Xitoy davlat taraqqiyot banki kreditlari hisobidan sotib olinadi.
MAK mamlakatga olib kelinadigan mazkur samolyotlar uchun boj to‘lovlari (boj yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinadi.
Izoh (0)