Navoiy shahrida “Navmed” ko‘p tarmoqli diagnostika markazi ish boshladi, deb xabar beradi O‘zA.
“Tibfarmmahsulot” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan loyihaning umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan iborat bo‘lib, muassasaga Xitoy, Janubiy Koreya, Vengriya davlatlaridan tibbiy uskunalar keltirilib, o‘rnatildi.
“Bu yerda so‘nggi rusumdagi MRT, UTT, EKG uskunalari yordamida laboratoriya, nevrologiya, kardiologiya tekshiruvlari o‘tkaziladi. Klinikamiz bir kunda 100 nafar bemorni tekshiruvdan o‘tkazish imkoniyatiga ega”, —deydi markaz bosh shifokori B.Rahmonov.
Qayd etilishicha, muassasada bugungi kunda 12 nafar malakali xodim aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)