26-fevral kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi “Qumdaryo” mahallasida yashagan, “Suvliq” fermer xo‘jaligi ishchisi, 1982-yilda tug‘ilgan S. Qilichevning uyida oilaviy janjal yuz berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
S. Qilichev mojaro asnosida mast holda turmush o‘rtog‘i, 1986-yilda tug‘ilgan G.Narzullayevani urib, jarohat yetkazadi, keyin bo‘g‘ib o‘ldiradi.
Erkak bu qilmishidan so‘ng uyining hojatxonasida o‘zini osib o‘ldirgan.
Izoh (0)