Maktabgacha ta’lim vazirligi 13—14-mart kunlari “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni tashkil etishda shaffof markazlashtirilgan ta’minot tizimini yaratish, yetkazib beruvchilarning sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida va narx siyosatiga rioya qilgan holda xarid tizimini tashkil etish maqsadida yarmarka o‘tkazadi. Bu haqda vazirlikning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
“Shuningdek, respublikadagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqariladigan, bolalarning intellektual qobiliyatini va motorikasini rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlar va o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalarning sifati, shakli, dizayni, qulayligi, zamonaviyligi va havfsizligini o‘rganish bo‘yicha ko‘rgazmali yarmarka o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon qiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)