Toshkentda katta miqdordagi mablag‘ evaziga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxsning qilmishi oshkor bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
O‘rtachirchiq tumani, Yungichqoli qishlog‘ida yashovchi, muqaddam sudlangan Z.Mamasharipov Zangiota tumanida yashovchi B. Abdullayevga Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan “Yunusobod ne’matlari” do‘koni kadastr hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qiladi. Biroq undan 35,5 million so‘m olib, va’dasini bajarmay, ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.
Ko‘rilgan choralar natijasida Z. Mamasharipov qo‘lga olindi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)