1991—2006-yillarda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri bo‘lgan general-polkovnik Zokirjon Almatov faoliyatini Ichki ishlar vazirligida davom ettiradi. Bu haqda, IIVdagi manbaga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Zokirjon Almatov amaldagi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning maslahatchisi etib tayinlangan.
Zokirjon Almatov (1949-yilda tug‘ilgan) 1971—1988-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1988—1990-yillarda Toshkent viloyati Parkent tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 1990—1991 yillarda viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
Zokirjon Almatov Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan 1991-yil 15-sentabrida O‘zbekiston ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. Almatov ushbu lavozimda 2006-yil 5-yanvariga qadar ish olib borgan.
Izoh (0)