2018-yilning 26-fevral kuni yoqqan kuchli yomg‘ir tufayli Buxoro shahrining qadimiy qismidagi tarixiy binolardan birini suv bosdi. Ushbu manzara tasvirlangan suratlarni mazkur shaharda yashovchi fuqaro o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joylashtirdi, deb xabar berdi “Xalq so‘zi”.
Suratlar va videodan ko‘rinish mumkin-ki, gap Chorminor madrasasi haqida ketmoqda. Suratlarda uning hovlisi suvga to‘lgani yaqqol ko‘rinib turibdi.
Tabiiy hodisa yuz bergan joyda o‘t o‘chirish va favqulodda vaziyatlar xizmatlari xodimlari yetib kelgan.
Izoh (0)