23-fevral kuni Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev, mudofaa masalalari bo‘yicha attashesi S. Chernishyov, Rossiyaning chet el muassasalari xodimlari va ularning oila a’zolari Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Birodarlik qabristoni”dagi mangu olov yoniga gul qo‘ydi, deb xabar berdi “Novosti Uzbekistana”.
Gul qo‘yish marosimiga O‘zbekistondagi veteranlar tashkilotlarining hamda yoshlar harakatining vakillari ishtirok etdi.
Izoh (0)